Ugo Sanches: "Van Bastenning 3ta "Oltin to'pi"dan bitta yoki ikkitasi meniki bo'lishi kerak edi"

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2016
"Real" va Meksika terma jamoasi sobiq hujumchisi Ugo Sanches Marko van Bastenning "Oltin to'pi" unga tegishli ekanligini aytdi.

"Fikrimcha, van Bastenning 3 ta "Oltin to'pi"dan bitta yoki ikkitasi meniki bo'lishi kerak edi, ammo men va Diego Maradona bu sovrinni qo'lga kirita olmas edik" - deydi Sanches.

"Oltin to'p" sovrini 1956 yildan 2009 yilgacha Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga topshirilgan. Avvaliga yevropalik jurnalistlar Yevropa klublarida to'p tepadigan yevropalik futbolchilarga ovoz berishi kerak edi.  1995 yildan qoidalar o'zgardi va sovrinni Yevropa klubida o'ynaydigan har qanday mamlakat futbolchisi olishi mumkin edi. 2010 yildan boshlab "Oltin to'p" va "FIFA yil futbolchisi" sovrini birlashtirildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN