

"Ikkala davlatning ortida barcha vatandoshlar qarab turibdi. Qolgan gaplar esa ortiqcha. Bu turnirni qancha uzoq borish vazifasi bilan boshlagandik. Sovrinni yutishimizga yaqin kelishimizni ko'pchilik kutmagandi.
Sovrinni yutish uchun birgina jang qoldi va buni yutish kerak. Messi ushbu sport turining tarixida alohida o'rin tutishini bilamiz. Biroq bu Fransiya va Argentina jangi. Ikki terma tarkibida zo'r futbolchilar ko'p.
Bu ikki buyuk futbol mamlakatining jangi bo'ladi. Tabiiyki, bunday paytda siz raqibning barcha futbolchilariga e'tibor berasiz. Ammo biz barchamiz Messining o'yinlarini ko'rib katta bo'lgan avlodmiz", - dedi Loris.



