Uganda chempionining sardori o'ldirildi

Sherzod Nurmatov
6 avg 2026, 19:55
Ugandaning “Villa” klubi sardori Devid Ovori hujum oqibatida halok bo'ldi.

Bu haqda “Daily Monitor” nashri xabar bermoqda.

2.jpg

Shanba kuni, 4 avgust soat 20:00 atrofida Kampaladagi uyi yaqinida noma'lum shaxslar 27 yoshli futbolchiga hujum qilib, hayoti uchun xavfli bo'lgan jarohatlar etkazishgan. Himoyachi uning yaqin do'sti va sobiq jamoadoshi Nikolay Kabonge tomonidan shifoxononaga etkazilgan, biroq ahvoli tezda yomonlashib, chorshanba kuni ertalab vafot etgan. Hujum holatlari aniqlanmoqda.

2024 yilda Ovori “Villa”ga so'nggi 20 yil ichida ilk bor Uganda chempioni bo'lishga yordam bergandi. U faoliyati davomida Ispaniyaning “Veles” va Shvetsiyaning “Utsiktens” klublarida ham to'p tepgan. Futbolchi “Villa” tarkibidagi so'nggi o'yinini 1 avgust kuni o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Monitor