


"Ular o'zlarining fazilatlarini ko'rsatdilar va ochig'ini aytsam, ularsiz biz bu yerda bo'lmasdik, deb o'ylayman. Biz ularga ishonishimiz kerak. Ularni har qanday tarzda tanqid qilish, ehtimol, adolatsizlikdir. Bu nafaqat biz uchun, balki Uels futboli bilan shug'ullanadigan barcha uchun juda hissiyotli vaqt bo'ldi. O'yindan keyin bu his-tuyg'ularni va so'zlarni darhol ifodalash oson emas. Ammo ular jamoamizning bir qismi va biz yaxshi o'yin ko'rsatishni xohlaymiz", – dedi Devis.
Uels dastlabki 2 o'yinda 1 ochko jamg'argan va "B" guruhida so'nggi o'rinda bormoqda. Jamoa 29 noyabr kuni Angliya bilan to'qnash keladi.



