UEFA prezidenti: "Italiyadagi futbol infratuzilmasi juda yomon"

Aziz Tukhtamuradov
12 okt 2023, 07:55
UEFA prezidenti Aleksander Cheferinning aytishicha, Italiyadagi futbol infratuzilmasi yomon holatda.

"Mamlakatdagi futbol darajasi va davlat hajmini hisobga olsak, Italiyadagi infratuzilma juda yomon. Albatta men optimistik kayfiyatdaman, ammo mamlakat hukumati infratuzilmaga investiciya kiritishi lozim deb hisoblayman. 

Agar mamlakatingizda futbol va sportga qiziquvchilar ko'p bo'lsa, buni yanada kengaytirish kerak. Shunchaki barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilamiz", - dedi Cheferin "Fiorentina"ning yangi bazasi ochilishi marosimida.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Evro-2032 musobaqasi Italiya va Turkiyada o'tkazilishi e'lon qilingandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia