UEFA kecha "Nyukasl" darvozasiga penalti belgilashni maslahat bergan VAR hakamini chetlatdi

Administrator
29 noya 2023
VAR arbitri faoliyat olib borishi kerak bo'lgan YCHL o'yinidan olindi.

Yevropa Chempionlar Ligasi beshinchi turidan o'rin olgan PSJ – "Nyukasl" uchrashuvini faoliyat olib borgan VAR hakami UEFA tomonidan chetlashtirildi. Bunga sabab "Nyukasl" darvozasi tomon belgilangan penaltidir. 

VAR hakami Tomash Kvyatkovski "Real Sosedad" va "Zalcburg" uchrashuvida ham ishlashi kerak edi, ammo hakam UEFA tomonidan chetlatildi. 

Kecha Tomash Kvyatkovski PSJ – "Nyukasl" (1:1) uchrashuvining oxirgi daqiqalarida bosh hakam Shimon Marchinyakka qo'l bilan o'yin uchun penalti belgilashni tavsiya qilgandi. Yakunda penalti belgilandi va PSJ gol urib, mag'lubiyatdan qutilib qoldi.


AdministratorMuallif
Manba: The Guardian