Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi - Xames Rodrigez
Jahon chempionati nimchorak o'yini Kolumbiya - Urugvay o'yinining eng yaxshi futbolchisi nomi ma'lum bo'ldi.
FIFA rasmiy saytiga ko'ra, kolumbiyaliklar tarkibida har ikkila to'pni kiritgan Xames Rodrigez uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi. Uning kiritgan gollari jamoasiga chorak final chiptasini taqdim etdi.