Uchqun Qobilov: "Dinamo" uchun qur'a yomon tushmadi"

Narzulla Saydullayev
22 dek 2016, 11:45
O'FF majlislar zalida o'tgan Oliy Liga-2017 qur'a tashlash marosimida ishtirok etgan Dinamo jamoasi murabbiyi Uchqun Qobilov qur'adan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Mavsumni safarda boshlaydigan bo'ldik. 1-turda Bekobodda Metallurgga qarshi o'yin oson bo'lmasligi aniq. Samarqanddagi dastlabki o'yinda esa Sho'rtan jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Keyingi turlarda esa bizni Paxtakor va Navbahorga qarshi o'yinlar kutib turibdi. Taqvimdan nolimaymiz, maqsadimiz mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, har qanday raqib bilan o'yinda g'alaba uchun kurashish - deydi Dinamo klubi bosh murabbiyi yordamchisi.

Eslatib o'tamiz, Dinamo jamoasi 15 dekabrdan boshlab Samarqanddagi qarorgohda yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan. Ilhom Sharipov boshqaruvida o'tayotgan yig'inda asosan mahalliy futbolchilar ishtirok etishmoqda. Yig'in 29 dekabrgacha davom etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz