U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston Falastinni qiyinchilik bilan mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2025
U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi 3-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Shunday qilib, O'zbekiston 7 ochko bilan guruhda peshqadam bo'lib turibdi. To'plar farqi +5 ko'rinishini olgan. Biz bilan bir xil ochko to'plagan Qirg'izistonda esa to'plar +1 holatida. Mezbonlar bugun soat 19:00 da Shri-Lanka bilan o'ynaydi.

Saralashda umumiy hisobda 11 ta guruh mavjud. Musobaqa reglamentiga ko'ra, keyingi bosqichga guruh g'oliblari va eng yaxshi 4 ta ikkinchi o'rin egalari yo'llanmani qo'lga kiritadi.

U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi

O'zbekiston – Falastin 2:1 

"Dolen Omurzakov" stadioni. 15:00

Gol: Behruz Asqarov (Nodir Abdurazzoqov) 25', Rustam Turdimurodov (Nodir Abdurazzoqov) 85' – Muhammad Sanduqa 70'

O'zbekiston: 21.Edem Nemanov, 3.Zafarmurod Abdiraxmatov (2.Izzatillo Po'latov, 89), 6.Jahongir O'rozov, 8.Behruz Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliev (14.Oybek O'rmonjonov, 77), 13.Asilbek Jumaev (16.Samandar Mavlonqulov, 68), 15.Diyor Ortiqboev, 17.Nodir Abdurazzoqov, 20.Mahmudjon Mahamadjonov (18.Saidafzalxon Axrorov, 77), 22.Otabek Ahadov, 23.Rustam Turdimurodov (19.Muhammadali Reimov, 89).

Zaxira: 1.Otabek Boymurodov, 12.Samandar Muratbaev, 5.Dilshod Abdullaev, 7.Aziz Xolmurodov, 9.Sherzod Esanov, 11.Sardor Bahromov.




U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi. Qirg'iziston bilan durang o'ynagan O'zbekistonning guruhida vaziyat qanday?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia