Eron U-23 bosh murabbiyi: "Gonkongning tug'diradigan eng katta qiyinchiligi – noma'lum jamoa ekanligi"

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023
Eron U-23 bosh murabbiyi Rizo Inoyati ertaga start oladigan U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan barchaga rahmat. Biz uchun har bir musobaqa qiyinchilik bilan o'tadi. Gonkong bilan o'yin birinchi qadam va bor e'tiborimiz ularni yutishga qaratilgan", – dedi Rizo Inoyati.

- Afg'oniston va Gonkongga nisbatan asosiy kurash O'zbekiston bilan kechadi. Bu o'yinga maxsus reja asosida tayyorlanasizlarmi? Odatdagidan farq qiladimi?

- Albatta, o'z rejalarimiz bor. Qadamma-qadam bu rejalarni amalga oshiramiz. Gonkong bilan o'yindan keyingina O'zbekiston haqida o'ylaymiz. 

- Eron Olimpiadaga chiqsa, harbiy xizmatdan ozod etilishi haqida xabar chiqdi. Bu rostmi va Eron uchun Olimpiada qanchalik muhim?

- Bu fikringiz yuz foiz to'g'ri. Bu futbolchilarimiz uchun juda muhim hisoblanadi. Harbiy xizmatdan ozod bo'lishdan ko'ra jamoani shakllantirish, musobaqalarda yaxshi qatnashish, futboldagi natijalar ustun hisoblanadi. 

- Gonkongdan qaysi taraflama qarshilik kutmoqdasiz?

- Gonkongning tug'diradigan eng katta qiyinchiligi – noma'lum jamoa ekanligi. O'yin taktikasini tushunish qiyin bo'ldi. Albatta, ularni tahlil qilib chiqdik. Bu o'yinda hech qanday syurpirizlar bo'lmaydi. 

- 2007 yil Eron terma jamoasi safida Osiyo Kubogida O'zbekistonga qarshi o'ynagansiz. Umuman bu uchrashuvni qanday eslaysiz?

- Albatta, yurtingizda futbol juda yaxshi rivojlanmoqda. 18, 20, 23 yoshgacha bo'lgan jamoalaringiz yaxshi natija qayd etib kelmoqda. Bu musobaqadan so'ng ikki jamoada ham yaxshi   xotiralar bilan qolishini istayman.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia