

Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi va soat 19:00 da start oladi. Ushbu o'yin g'olibi yarim finalga yo'l olishi bilan birga, shu yil Indoneziyada o'tkaziladigan U-20 jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishi bilan ahamiyatlidir.
Mazkur o'yinda O'zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchilari to'liq oq libosda, darvozabon esa to'q sariq libosda harakatlanadi.
Bugun chorak final doirasida shuningdek Eron hamda Iroq U-20 terma jamoalari bahs olib borishadi. Mazkur bahs soat 15:00da "Jar" stadionida start oladi.



