⚡️ U-17 Osiyo kubogi saralashi. Bugun O'zbekiston termasi dastlabki tur uchrashuvini o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
5 okt 2022
Bugun, 5 oktyabr kuni Toshkentda 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi saralashining "J" guruhidan o'rin olgan bahslar boshlanadi.

Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlariga ushbu bosqichda Bruney, J.Koreya hamda Shri-Lanka raqiblik qilishi kerak edi. Ammo Shri-Lanka ma'lum sabablar tufayli saralashda qatnasholmasligini bildirdi.

Bugun vakillarimiz Bruneyga qarshi ilk tur uchrashuvini o'tkazadi.

U-17 Osiyo Kubogi saralash bosqichi

"J" guruhi

5 oktyabr

Bruney – O'zbekiston ("Jar" stadioni. 18.00)

7 oktyabr

O'zbekiston – Janubiy Koreya ("Jar" stadioni. 18.00)

9 oktyabr

Janubiy Koreya – Bruney ("Paxtakor" stadioni. 16.00)

 U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etadigan futbolchilarimiz ro'yxati:

Ma'lumot uchun, guruhlarda 1-o'rinni egallagan barcha jamoalar, shuningdek, 2-o'rinni olgan eng yaxshi 6 ta terma keyingi yil bo'lib o'tadigan musobaqa final bosqichiga yo'l oladilar. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia