U-17 jahon chempionati. Bugun O'zbekiston Fransiyaga qarshi o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
25 noya 2023, 07:13
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun U-17 Jahon chempionatining chorak finali doirasida Fransiyaga qarshi o'yin o'tkazadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da start oladi. 

Mazkur o'yinda futbolchilarimiz oq-ko'k libosda, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakatlanadi.

Uchrashuvni Dahane Beida (Mavritaniya) boshqarib boradi. Unga qanotlarda Dimbiniaina Andriatianarivelo (Madagaskar) va Jonatan Ahonto (Togo) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Pere Atchoga (Gabon) topshirilgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia