

Uchrashuvdan so'ng jamoa yetakchisi Umar Eshmurodov fikrlarini bilan o'rtoqlashdi.
"Ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Oldimizda turgan maqsadlarimiz katta, chunki hali oldinda O'zbekiston kubogi va OCHL (Osiyo Chempionlar Ligasi) o'yinlari ham bor. Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlab oldik va shu ruhda davom etmoqchimiz. Bugungi issiq ob-havo o'yinga biroz ta’sir qildi, shunga qaramay, jamoamiz mazmunli o'yin namoyish eta oldi."
- Bugun "Bunyodkor" o'ziga o'xshamadi, "Nasaf" esa ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytira oldi. Bu nima bilan bog'liq?
- Demak, bizning jismoniy holatimiz raqibnikidan ko'ra yaxshiroq bo'lgan.
- Jahon chempionati o'tgan muhtasham arenalardagi o'yinlardan so'ng Superliga sizga qanday ko'rindi?
- To'g'risini aytsam, farqi er bilan osmoncha. Bugun stadion shahardan biroz uzoqda joylashgani sababli muxlislar ham kamroq tashrif buyurishdi. Agar o'yin Qarshida yoki "Bunyodkor"ning asosiy stadionida bo'lganida, muxlislarimiz ancha ko'proq kelgan bo'lardi.
- Jamoalar o'rtasidagi oxirgi 7 ta uchrashuvning 6 tasida durang qayd etilgandi. "Bunyodkor" sizlar uchun noqulay raqibmi?
- Ilgari ikkala klubning ham homiysi bitta tashkilot edi. O'yinlarda principiallik juda yuqori rol o'ynardi. "Bunyodkor"ga qarshi bahslarda doim qiynalganmiz. Bugun esa o'sha yoqimsiz ananaga chek qo'ya oldik.



