Tuxel: "Neymar YCHLda "Borussiya"ga qarshi o'ynamasligi mumkin"

Tolibjon Qosimov
13 fev 2020
Kecha Fransiya kubogi chorak finali doirasida PSJ jamoasi "Dijon" ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozondi.

Bellashuvdan so'ng parijliklar ustozi Tomas Tuxel Neymarning YCHL 1/8 finali doirasida "Borussiya D"ga qarshi o'ynay olish imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Uning "Borussiya" bilan o'ynay olishiga 100 foiz ishonchim komil emas. Bu masalani muhokama qilamiz va yakuniy qarorni juma kuni qabul qilamiz. Biz uning sog'lig'i bilan tavakkal qila olmaymiz. "Amen" bilan o'yinda ham tavakkal qilmoqchi emasmiz. Biz kuchli tarkibda bo'lamiz, lekin tavakkal qilishni xohlamaymiz", - deya Tuxelning so'zlarini keltirdi "Goal.com" nashri.


"Borussiya" va PSJ o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final birinchi o'yini 18 fevralda bo'lib o'tadi.

28 yoshli Neymar joriy mavsum Fransiya chempionatida 14ta o'yin o'tkazdi. Bu uchrashuvlarda 13ta gol urdi (4tasi penaltidan) va 6ta golli pas berdi. Uning shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com