Turkmaniston chempionati. 4-turdan keyin "Ahal" peshqadam bo'lib oldi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2020
20 aprel kuni Turkmaniston chempionatida 4-turning so'nggi 3ta uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mamlakat vice-chempioni Ahal Shagadam ustidan g'alabaga erishdi va musobaqa jadvalida birinchi o'ringa chiqib qoldi - 2:0. Nebitchi o'z maydonida Energetikga yutqazib qo'ydi - 1:2. Ashxabad safarda Marvni taslim etib qaytdi - 1:0.

Beshinchi tur o'yinlari 25 aprel kuni start oladi.

Turkmaniston chempionati. 4-turning barcha o'yinlari

19 aprel
“Oltin Asir” – “Kopetdog'” – 1:1
Gollar:
78 Mekan Saparov (“Oltin Asir”) – 87 Batirgilich Berdiev (“Kopetdog'”)
Ogohlantirishlar: 39 Begmurat Bayov, 67 Rovshengeldi Xalmamedov, 86 Murat Annaev (“Oltin Asir”) – 38 Shiri Annaev, 43 Resul Maxmudov (“Kopetdog'”)


20 aprel

“Marv” – “Ashxabod” – 0:1
Gol:
Nuryog'di Muhammedov 32 (“Ashhobod”)
Ogohlantirishlar: Perman Holliev 10, Azat Orazmuhammedov 36, Serdar Annamuhamedov 80, Shonazar Tirkishov (barchasi “Marv”) – Boris Ivanov 43, Bekmurot Pirquliev 82 (“Ashxabod”)

“Ahal” – “Shagadam” – 2:0
Gollar
: Gurbanguli Ashirov 42, Elman Tog'aev 50 (penalti)
Ogohlantirishlar: Dayanch Orazguliev 3 (“Shagadam”)

“Nebitchi” – “Energetik” – 1:2
Gollar:
Yigayguli Abdullaev 35 (“Nebitchi”) – Guvanchgeldi Yagmurov 28, Rahmet Shermetov (“Energetik”).
Ogohlantirishlar: Vekil Kadirov 3, Serdar Tukiev 45+1, Azat Garadjoev 59 (“Nebitchi”) – Maksad Atagarriev 11, Rahtme Shermetov 90+1 (“Energetik”).




Turkmaniston chempionati, 5-tur
25 aprel

Energetik - Oltin Asir
Kopetdag - Ahal
26 aprel
Ashxabod - Nebitchi
Shagadam - Marv


Turkmaniston futbol Federatsiyasi rasmiy sayti ma'lumotlaridan foydalanildi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia