Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan bo'shatildi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2021
Turkiya terma jamoasining oxirgi o'yinlardagi o'ta qoniqarsiz natijalaridan keyin milliy jamoa ustozi Shenol Gyunesh vazifasidan ozod etildi.

Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi xabar berdi.

Gyunesh boshchiligidagi Turkiya termasi 32 o'yin o'tkazib, 15 ta g'alabaga erishdi, 10 ta mag'lubiyatga uchradi va 7 marta durang o'ynaydi.

Murabbiy ikkinchi marta o'z lavozimidan ketmoqda. U oldinroq 2000 yildan 2004 yilgacha ham jamoada bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Turkiya uning qo'l ostida 2002 yilgi JCHda 3-o'rinni olgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tff.org