

"Bu bizning kunimiz emasdi. Biz to'pni yo'qota boshladik va uni oldinga olib o'ta olmadik. Italiya terma jamoasi zo'r. Biz kuchliroq jamoaga yutqazdik. Ammo bu musobaqa: bizda yana ikkita o'yin bor.
Biz dastlabki o'yinni musobaqa mezbonlaridan biriga qarshi o'tkazdik va o'z o'yinimizni namoyish etishga harakat qilgandik. Ular bizni dog'da qoldirishdi, kurashlarda g'olib chiqishdi va to'p yo'qotishmadi. Italiya bizga qaraganda yaxshiroq tayyorlangan ekan.
Oldimizda yana ikkita o'yin turibdi (Uels va Shveytsariyaga qarshi). Ularni yutishimiz kerak. Umid qilamanki, Uelsga qarshi o'yinda o'zimiz istagan darajaga chiqa olamiz va bizga kerak bo'lgan ochkolarni to'playmiz", - dedi Gunesh.



