Shenol Gunesh O'zbekistonga qarshi o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi. Unda Yilmaz ham, Chalxanoglu ham bor

Tolibjon Qosimov
2 iyun 2019
Bugun, 2 iyun sanasida Turkiya va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

Biroz avval e'tiboringizga turklar bosh murabbiyi Shenol Gunesh va futbolchi Merih Demiral ishtirokidagi matbuot anjumanini havola etgan edik.

Biroz avval Turkiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati bugungi bellashuv uchun Gunesh ajratib olgan o'yinchilardan iborat qaydnomani e'lon qildi. Undan jami 31 nafar o'yinchi joy olgan.

Turkiyaning O'zbekistonga qarshi o'yin uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Mert Gyunok ("Bashakshehir"), Gokxan Akkan ("Rizespor"), Sinan Bolat ("Antverpen", Belgiya), Ugurchan Chaqir ("Trabzonspor").

Himoyachilar: Mehmet Chelik ("Lill", Fransiya), Nazim Sangare ("Antalyaspor"), Chog'lar Soyunchu ("Lester", Angliya), Kaan Ayhan ("Fortuna", Germaniya), Merih Demiral ("Sassuolo", Italiya), Jengiz Umut Merash ("Bursaspor"), Emre Toshdemir ("Galatasaroy"), Hasan Ali Kaldirim ("Fenerbaxche").

Yarim himoyachilar: Abdulqodir Omur ("Trabzonspor"), Jengiz Under ("Roma", Italiya), Deniz Turuch ("Qayserispor"), Dorukxon Tokoz ("Beshiktosh"), Efechan Karacha ("Alanyaspor"), Emre Belozog'lu ("Bashekshehir"), Ifran Jan Qahvechi ("Bashekshahir"), Mahmut Tekdemir ("Bashekshehir"), Og'uzxon Ozyakup ("Beshiktosh"), Okay Yokushlu ("Selta", Ispaniya), Ozan To'fon ("Alanyaspor"), Yunus Malli ("Volfsburg", Germaniya), Yusuf Yazichi ("Trabzonspor"), Hoqon Chalxonoglu ("Milan", Italiya), Umar Ali Shahiner ("Konyaspor").

Hujumchilar: Burak Yilmaz ("Beshiktosh"), Enes Unal ("Valyadolid", Ispaniya), Guven Yalchin ("Beshiktosh"), Kenan Karaman ("Fortuna", Germaniya).

Qizig'i, kecha Gunesh o'ynamaydi deb nomini sanagan futbolchilardan Burak Yilmaz va Hoqon Chalxanoglu qaydnomaga kiritilgan. Shuningdek, hali soppa-sog' emas deb aytib o'tgan futbolchilari Hasan Ali, Mahmut Tekdemir va Okay Yokushlu ham kengaytirilgan ro'yxatdan joy olgan. Faqatgina "Everton" hujumchisi Jenk Tosun va "Shtutgart" himoyachisi Ozan Kabak murabbiy kecha aytganidek qaydnomada ham yo'q. Demak, bugun O'zbekistonga qarshi Tosundan boshqa barcha kuchli o'yinchilar tushishi mumkin.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia