

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 10:00da Superliganing 4 klubini o'z ichiga olgan havo layneri Antalya tomon yo'lga chiqdi va mahalliy vaqt bilan 13:00 atrofida xalqaro aeroportga kelib qo'ndi.


"Paxtakor", "Navbahor", AGMK, "Bunyodkor" jamoalari bilan birgalikda saytimizning 3 nafar xodimi ham xorij safari tomon otlandi. Avvalroq 3 fevral sanasida "Dinamo", "Nasaf", "Qizilqum" Istanbul orqali yetib kelgandi. 5 fevral kuni yetib kelgan to'rt klubimiz quyidagi mehmonxonalarda istiqomat qilishmoqda. AGMK va "Nasaf" Laradagi "Royal Seginus hotel"dalar.
AGMK - "Royal Seginus hotel" (Lara)
"Paxtakor" - " Susesi Luxury Resort" (Belek)
"Bunyodkor" - "Asteria Kremlin Palace" (Lara)
"Navbahor" - "Papillon Ayscha hotel" (Belek)

5 kundan so'ng bularning safiga Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi kelib qo'shiladi. Shunda Superligada xorij yig'iniga chiqmagan faqat 3ta klub qolmoqda - "Lokomotiv", "Surxon", "Qo'qon-1912".
Bugundan boshlab yig'inga kirishgan yuqoridagi to'rt klub shu kunning o'zidayoq tiklanish mashg'ulotlarini olib borishdi. Championat.asia sayti jamoasi ertadan boshlab klublarimizning mashg'ulotlari, o'rtoqlik uchrashuvlarini Antalyadan yoritib boradi. Bizni kuzatishda davom eting!



