Turkiya futbol Federatsiyasi Mandelani xotirlagan Drogba va Ebueni jazolashi mumkin

Narzulla Saydullayev
8 dek 2013, 11:18
Galatasaroy futbolchilari Dide Drogba va Emmanuel Ebue kuni kecha vafot etgan JAR sobiq prezidenti Nelson Mandelani yodga olishgani uchun jazolanishlari mumkin.
Futbolchilar Turkiya chempionatining 14-turidan o'rin olgan Elazigsporga qarshi o'yindan (2:0) so'ng futbolkalarini echib ichki futbolkadagi yozuvni barchaga ko'rsatishdi. 

Turkiya futbol Federatsiyasi bu holatni o'rganib chiqib futbolchilarni jazolashi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru