Turkiya. Aliqulov jamoasi Shukurov klubini yirik hisobda taslim qildi

Aslanov Jasurbek
2 mar 2024
Turkiya chempionatining 28-turidan o'rin olgan "Rizespor" hamda "Kayserispor" o'rtasidagi bahs yakuniga etdi.

Ushbu bahs o'zbekistonliklar uchun o'zgacha ahamiyat kasb etadi, chunki ikkala jamoa tarkibida O'zbekiston terma jamoasi vakillari bor. Uchrashuvda to'liq ishtirok etgan Husniddin Aliqulov "Rizespor" sharafini himoya qiladi, zaxirada qoldirilgan Otabek Shukurov esa "Kayserispor" vakili hisoblanadi.


"Rizespor" - "Kayserispor" 3:0

Gollar: Shelvi 62, Zekiri 71, Varesanovich.

"Rizespor": Akkan, Shahin, Husniddin Aliqulov, Topju, Xoyer, Olavoyin (Mojsi 90), Shelvi, Gustavo (Sarikaya 75), Varesanovich (Pehlivan 90), Akintola (Zekiri 61), Minchev (Gaich 76).

"Kayserispor": Bayzit, Sazdagi, Jeanvier, Kolovetsios, Kaldirim, Burabiya, Kayra Yilmaz, Karimi, Boa Morte, Nazon, Kardoso.

Zaxira: Aska, Attama, Ozbek, Piri, Otabek Shukurov.


TURKIYA CHEMPIONATI JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia