Turinda jangovor durang, "Siti" "banklar yurti"da yirik g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018
YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan dastlabki ikki uchrashuv o'z yakuniga etdi.

Oqshomning markaziy uchrashuvi Turinda o'tkazilib, unda Italiya chempioni "Yuventus" Angliyaning "Tottenxem" jamoasini qabul qildi. O'yinning 9-daqiqasiga kelib ikki to'p farqi bilan hisobda oldinga chiqib olgan "Keksa sinorlar" yakunda g'alabani qo'ldan chiqarishdi. 

Avvaliga Xari Keyn, keyin esa Kristian Erikksen Janluiji Buffon qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilib, jangovor durangni taminlashdi - 2:2. Angliya chempionati peshqadami "Manchester Siti" esa chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'ldi. "Shaharliklar" mehmonda "Bazel" klubidan 4:0 hisobida ustun kelishdi. 

YCHL. 1/8 final. Birinchi uchrashuv

Bazel Shveytsariya – Manchester Siti Angliya 0:4 (0:3, 0:1)

14 fevral, 00.45. “Sankt-Yakob Park” stadioni

Gollar: 0:1 – 14 Gyundogan, 0:2 – 18 Bernardu Silva, 0:3 – 23 Aguero, 0:4 – 53 Gyundogan.

Bazel – Vaclik, Jaka, Lakrua, Suxi, Lang, Fray, Die, Riveros, Shtoker (Ayeti, 71), Elyunussi (Byua, 85), Oberlen.

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Kompani, Otamendi, Delf, de Bryuyne (Silva, 63), Fernandino, Gyundogan, Bernardu Silva, Aguero (Danilo, 85), Sterling (Sane, 57).

Ogohlantirishlar: Jaka (38), Fernandino (59), Die (89), Gyundogan (89).

Yuventus Italiya – Tottenxem Angliya 2:2 (2:1, 0:1)

14 fevral, 00.45. “Yuventus Stedium”

Gollar: 1:0 – 2 Iguain, 2:0 – 9, penalti Iguain, 2:1 – 35 Keyn, 2:2 – 71 Eriksen.

Yuventus – Buffon, De Shilo, Benatiya, Kellini, Aleks Sandro, Xedira (Bentankur, 66), Pyanich, Bernardeski, Duglas Kosta (Asamoa, 90), Manjukich (Sturaro, 76), Iguain.

Tottenxem – Loris, Ore, Sanches, Vertongen, Devis, Dembele, Dayer, Eriksen (Vanyama, 90), Alli (Son Xyn Min, 83), Lamela (Lukas Moura, 89), Keyn.

Ogohlantirishlar: Devis (8), Benatiya (45), Ore (47), Iguain (60), Bentankur (80).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: