

Futbolchi umumiy guruhda ishlashni boshladi.
31 yoshli futbochli so'nggi bor 29 yanvar kuni "Reyms"ga qarshi bahsda 85 daqiqa o'ynagan edi. U keyingi ikki uchrashuvni mushak shikastlanishi tufayli o'tkazib yubordi.
5 fevral kuni 31 yoshini nishonlagan Neymar yana PSJ safida maydonga tushishga tayyor.
Parijliklar 8 fevral kuni "Marsel" bilan Fransiya Kubogida, 11 da "Monako" bilan chempionatda, 14 da "Bavariya" bilan Chempionlar ligasida to'qnash keladi.



