

"To'pchilar" shanba kuni bo'lib o'tgan Premer-liga bahsida uyda mag'lubiyatga uchradi.
"Hammamiz bu natijadan xafamiz. Bu muhim o'yin edi, ammo endi hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi. Yagona yo'l - saboq olish va oldinga intilish. Bizda jarohatlar bilan bog'liq muammolar bor, lekin bahonaga o'rin yo'q. Bu safar jamoamiz odatiy darajasini ko'rsatmadi. Hali ham turnir jadvalining yuqori pog'onasida turibmiz, lekin o'z ustimizda ishlashimiz kerak", – dedi Trossard intervyuda.
"Arsenal" ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"dan 6 ochko oldinda, ammo "shaharliklar"ning 1 ta zaxira o'yini bor. Chempionlikka da'vogarlar navbatdagi turda bir-biri bilan to'qnash keladi.



