Transferlardan eng ko'p foyda va zarar ko'rgan klublar ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
10 fev 2020, 23:58
"CIES Football Observatory" jurnali so'nggi 2 transfer oynasi vaqtida eng ko'p foyda hamda zarar ko'rgan klublar nomini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, transferlardan eng ko'p foyda ko'rgan klub sifatida "Chelsi", eng ko'p zarar ko'rgan klub sifatida esa "Real" etirof qilindi.

Transferlardan eng ko'p zarar ko'rgan klublar:

1. "Real" (Ispaniya) – 181 mln evro zarar
2. "Aston Villa" (Angliya) – 169 mln evro zarar
3. "Barselona" (Ispaniya) – 166 zarar
4. "Manchester Yunayted" (Angliya) – 151 mln evro zarar
5. "Tottenxem" (Angliya) – 141 mln evro zarar
6. "Monako" (Fransiya) – 121 mln evro zarar
7. "Inter" (Italiya) – 111 mln evro zarar
8. "Yuventus" (Italiya) – 94 mln evro zarar
9. "Fiorentina" (Italiya) – 93 mln evro zarar
10. "Gerta" (Germaniya) – 92 mln evro zarar

Izox: "Real" bu yerda 330 mln evroga futbolchilar sotib olgan va 181 mln evroga o'z futbolchilarini sotgan.

Transferlardan eng ko'p foyda ko'rgan klublar:

1. "Chelsi" – 205 mln evro foyda
2. "Benfika" – 166 mln evro foyda
3. "Ayaks" – 137 mln evro foyda
4. "Sporting" – 92 mln evro foyda
5. "Red Bull Zalcburg" – 75 mln evro foyda
6. "Lill" – 69 mln evro foyda
7. "Xoffenxaym" – 69 mln evro foyda
8. "Sampdoriya" – 57 mln evro foyda
9. PSV – 56 mln evro foyda
10. "Empoli" – 50 mln evro foyda

Izox: Bu yerda "Chelsi" 250 mln evroga o'z futbolchilarini sotgan va 45 mln evroga futbolchi sotib olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: CIES Football Observatory