Transfer narxi 100 milliondan ziyod futbolchi yozda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tadi

Khoja
10 yanv 2024
“Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen yozda jamoasini o'zgartiradi. Bu haqida Xvicha Kvaratsxeliyaning agenti Mamuka Jugeli ma'lum qildi.

“Viktor “Napoli” bilan shartnomasini uzaytirganga qaramay, u Italiyada uzoq qolmaydi. U yozda Saudiya Arabistoning qaysidir jamoasiga o'tadi. “Napoli” hujumchisi bilan uzoq yangi shartnoma imzoladi va uning oyligini oshirib berdi. Biroq bu ham uni jamoada saqlab qolish uchun etarli bo'lmaydi”,-dedi Xvicha Kvaratsxeliyaning agenti.

Ma'lumot uchun, Osimxen neapoliklar safiga 2020 yilda kelib qo'shilgandi. Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 8 ta gol va 3 ta golga assist qayd etgan. Uning amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi taxminan 110 million evroga baholanmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com