Totti: "Kassano - men birga o'ynagan o'yinchilar orasida eng yaxshisi"

Tolibjon Qosimov
28 sen 2018
"Roma" sobiq sardori va afsonasi Franchesko Totti o'zi birga o'ynagan futbolchilar orasida eng yaxshisi deb Antonio Kassanoni aytdi.

Totti kecha 42 yoshga to'ldi va o'zining tug'ilgan kunida tarjimai holini namoyish etdi.

"Futbol nuqtayi-nazaridan Kassano - men birga o'ynagan o'yinchilar orasida eng yaxshisi. Buni hech kimni xafa qilishni istamagan holda aytdim. Biz maydonda bitta tilda gaplashar edik. U birinchi marotaba Rimga kelganida ko'p vaqtni birga o'tkazganmiz", - deya Tottining tarjimai holidan iqtibos keltirdi "Football Italia".


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia