"Inter" himoyachisi yil oxirigacha safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
11 dek 2025
"Inter" himoyachisi Franchesko Acherbi Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinda (0:1) olgan mushak jarohati tufayli 2025 yilning qolgan qismini o'tkazib yuboradi

37 yoshli italiyalik futbolchi 31-daqiqada almashtirildi.

Acherbi 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 12 o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "Inter" safida 2023 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

U 2024/25 yilgi mavsumda jarohati tufayli "Inter" safida jami 15 ta o'yinni o'tkazib yuborgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport