"Tottenxem" yaqin kunlarda Kulusevskini to'liq sotib oladi

Omonjon To`xtamirzayev
23 iyun 2023
Xabaringiz bor, "Yuventus" yarim himoyachisi Deyan Kulusevski 2022 yildan buyon ijara huquqi asosida "Tottenxem" safida harakat qilmoqda.

Klublar bu mavzuda muzokaralarni boshlab ulgurgan. Transfer bahosi 30 million evro atrofida bo'lishi kutilmoqda. Shvetsiyalik londonliklar bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolaydi.

APLning ortda qolgan mavsumida futbolchi 30 o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira