

14 may kuni "Tottenxem" "Uayt Xart Leyn"dagi so'nggi uchrashuvini o'tkazadi, jamoa kelasi mavsumdan "Uembli"da o'ynaydi. 2018 yilning yozida esa klub yangi stadionga ko'chib o'tadi.
Futbolakalarda "Uayt Xart Leyn"ning 118 yillik tarixi aks etgan maxsus logitip tushiriladi. Shu bilan birga futbolkalarda sobiq futbolchilarga yordam beruvchi "shporlar" fondi logotipi ham yopishtiriladi.
O'yinchilar mashg'ulotni maxsus maykalarda o'tkazishadi. Uchrashuvdan so'ng futbolkalar aukcionga qo'yiladi.



