"Arsenal" futbolchisi: "Futbolni yomon ko'raman"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2024
"Arsenal" himoyachisi Ben Uayt futbolni yomon ko'rishini ma'lum qildi.

Buni Ben Uayt Amazon Prime Video'ga bergan intervyusida aytdi.

"Odamlar meni futbolni yomon ko'radi deb o'ylaydi, albatta men futbolni ko'rmayman, ammo dam olish kunlari menga qarshi o'ynaydigan vinger haqidagi hamma ma'lumotlarni aytib berishim mumkin.

Futboldan uyga qaytib kelgach men u haqda umuman o'ylamayman. Ertasiga esa men yana 100 foiz futbolga e'tibor qarataman", - dedi Uayt.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk