"Tottenxem" Shkrinyar uchun 50 mln evro to'lashga tayyor

Alisher
27 noya 2020
"Tottenxem" "Inter" bilan himoyachi Milan Shkrinyarning transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Shporlar" 25 yoshli slovak uchun bonuslardan tashqari 50 mln evro to'lashga tayyorlar, ammo milanliklar 60 mln talab qilishmoqda.

PSJ ham o'yinchi uchun davogarlik qilmoqda. Shkrinyarning o'zi esa "Tottenxem"ga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda.

Futbolchi joriy mavsum Italiya A Seriyasi doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio