"Tottenxem" Rouzni sotib yuborish ishlarini tezlashtirmoqda

Mirjalol Normatov
4 avg 2019
"Tottenxem" rahbariyati himoyachi Denni Rouzni sotib yuborishmoqchi.

"Daily Express" xabariga ko'ra, "shporlar" uning o'rniga boshqa nomzod topib qo'yishgan. Gap "Fulxem" himoyachisi Rayan Sessenon haqida bormoqda. Uning transfer narxi 25 million funt bo'lishi mumkin.

29 yoshli futbolchining xizmatlariga esa "Yuventus", "Atletiko" hamda Xitoy jamoalaridan qiziqishlar bo'lmoqda. Angliyada transferlar oynasi 8 avgust kuni yopiladi. Ammo bundan keyin ham APL jamoalari futbolchilarini chet davlatlariga sotib yuborish imkoniyatiga ega.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express