"Tottenxem" "Roma" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
24 iyun 2022
"Tottenxem" "Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanologa qiziqmoqda.

London klubi sport direktori Fabio Paratichi "Roma"dagi hamkasbi Tiago Pinto bilan 22 yoshli italiyalikning ehtimoliy transferi borasida aloqaga chiqdi.

Oldinroq, yarim himoyachiga "Milan" va "Yuventus" qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Qayd etish kerakki, Rim klubi Zanoloni 50 mln evroga baholamoqda va 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/angelomangiante