Tottenxem – MYU uchrashuvida Angliya premer-ligasi rekordi yangilandi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2018, 09:45
Kecha Angliya premer-ligasida tomoshabinlar tashrifi borasida yangi rekord o'rnatildi.

25-turdan o'rin olgan Tottenxem – Manchester Yunayted (2:0) uchrashuviga 81 978 tomoshabin keldi. Bu 1992 yilda tashkil etilgan Angliya premer-ligasi uchun yangi rekord bo'ldi. Uchrashuv Londondagi Uembli stadionida bo'lib o'tdi.

Oldingi rekord ham Tottenxemning Uemblida o'tkazgan uchrashuvida qayd etilgandi. 7-turda Liverpul bilan bahsga (4:1) 80 827 muxlis kelgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: brfootball