"Tottenxem" murabbiyi Nunu Santu: "Renn"ga yutqazmaslik uchun xarakter ko'rsatdik"

Alisher
17 sen 2021
"Tottenxem" kecha favorit bo'lishiga qaramay Konferenciyalar Ligasida "Renn" (2:2)ni mag'lub eta olmadi.

Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, uning jamoasi yaxshi o'yin o'tkazdi.

"Ishtirokimiz ideal bo'lmasligi mumkin, ammo biz dastlabki daqiqalarni ajoyib tarzda o'tkazdik, so'ngra raqibga yutqazmaslik uchun xarakter ko'rsatdik. 

"Renn" - ajoyib jamoa, shu sabab nimanidir qattiq tahlil qilish kerak emas", - deydi murabbiy.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com