“Tottenxem” – “Liverpul”. Bugungi o'yin oldidan “Angliya futboli” storisidagi so'rovnoma natijalari

Eldor Akmurzayev
28 yanv 2021
Toshkent vaqti bilan 29 yanvarga o'tar kechasi 01:00 da APL 20-turidan o'rin olgan markaziy bahs “Tottenxem” va “Liverpul” o'rtasida boshlanadi.

Uchrashuv oldidan saytimizning Instagram'dagi maxsus sahifasi “Angliya futboli” storisida so'rovnoma o'tkazildi va unda biroz ustunlik kuzatuvchilarimiz tomonidan “shporlar”ga berildi – 56 foiz ovoz. 

Ma'lumot o'rnida, jamoalar o'rtasidagi so'nggi 6 bahsning barchasida mersisaydliklarning qo'li baland kelgan. Biroq, Yurgen Klopp shogirdlari 5 o'yindirki, APLda g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

“Tumanli Albion”ga aloqador qiziqarli xabarlar Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasida! Obuna bo'ling!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Instagram.com/angliyafutboli/