"Tottenxem" klubidagi bir inson Garri Keyndan ham ko'p maosh oladi, ammo u futbolchi emas

Aslanov Jasurbek
6 apr 2018
Londonning "Tottenxem" klubi prezidenti Deniel Levi Angliya Premer-ligasining eng ko'p maosh oluvchi rahbari ekan.

So'nggi yilda uning maoshi ikki baravarga oshdi va ayni damda Levining yillik maoshi 6 mln. funt (6,9 mln. evro).

Shunday qilib, klub prezidentining har hafta oladigan puli (115 ming funt) "shporlar" hujumchisi Gerri Keynnikidan (100 ming funt) ko'proq. Levining maoshi "Tottenxem"ning yillik daromadi rekord darajaga etgani tufayli oshdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail