"Tottenxem" klub ichidagi "ko'rsichqon"ni izlamoqda

Alisher Ostonov
12 apr 2025
"Tottenxem" lagerida "ko'rsichqon" bor va u kim bo'lishi mumkinligi haqida Ange Postekoglu "tasavvur"ga ega.

Postekoglu jamoasidagi futbolchilarning jarohatlari haqidagi xabarlar o'yinlar oldidan paydo bo'layotganini, bu esa raqiblarga ushbu mavsumda hal qiluvchi ustunlik berayotganini payqadi.

Avstraliyalik murabbiyning aytishicha, klub anchadan beri "ma'lumot sizib chiqishi"ni o'rganmoqda va aybdorni topishga yaqin turibdi.

"Bizning lagerda doimiy ravishda ma'lumot tarqatuvchi kimdir bor. Qidiruv doirasini toraytirdik. Biz bu masalani ancha vaqt o'rgandik va ma'lumot qayerdan kelayotgani haqida aniq tasavvurga ega bo'ldik. Buni hal qilamiz", - dedi murabbiy.


Alisher OstonovMuallif
Manba: dailymail.co.uk