"Tottenxem” ispaniyalik futbolchi uchun 70 mln evro taklif qildi

Alisher Ostonov
14 dek 2025
Angliyaning "Tottenxem" klubi Madridning "Atletiko" klubi 22 yoshli yarim himoyachisi Pablo Barriosni kuzatib bormoqda.

Insayderlarning yozishicha, "shporlar" futbolchi uchun "matraschilar"ga 70 mln evro taklif qilgan. Biroq, futbolchining shartnomasida 120 mln evro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan. Shuningdek, Barriosni "Liverpul” va "Chelsi" ham kuzatib bormoqda.

Pablo Barrios butun faoliyati davomida "Atletiko" sharafini himoya qilgan. Ushbu mavsumda yarim himoyachi klub safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Fichajes