“Tottenxem” himoyachisi Mourinyuning ketishida jamoadoshlarining aybi borligini aytdi

Eldor Akmurzayev
6 iyun 2021
“Shporlar” a'zosi Mett Doerti portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu klubni tark etgani haqida gapirdi.

“U bu erda atigi 18 oy bo'ldi. Agar 3-4 yil qolganida, unda umuman boshqacha suhbat bo'lardi. Biz faqat kerakli natijalarga erisholmadik.

Murabbiy doimo birinchi bo'lib o'z ishini yo'qotadi, ammo maydonga biz futbolchilar chiqamiz. G'alabalarni qo'lga kirita olmaganimiz juda achinarli, chunki, Joze – tarixdagi eng yaxshi murabbiylardan biri”, deydi Doerti.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal