"Tottenxem" hamda "Volfsberg" jamoalari ishtirokidagi o'yin o'tkaziladigan stadioni o'zgardi

Mirjalol Normatov
13 fev 2021
Yevropa ligasining 1/16 finalidan o'rin olgan "Volfsberg" - "Tottenxem" uchrashuvi Vengriyada tashkillashtiriladi.

Unga ko'ra, o'yin Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi. Koronavirus pandemiyasi sababli o'yinni Avstriyada tashkillashtirishning iloji bo'lmaydi.

"Volfsberg" – "Tottenxem" o'yini 18 fevral kuni bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal