"Tottenxem" "Galatasaroy" futbolchisini 30 mln evroga sotib olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 okt 2023
"Tottenxem" qishki transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.

Bu haqda "Fichajes" xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko'ra, klub "Galatasaroy"dan Viktor Nelssonni sotib olishga tayyor. "Tottenxem" 24 yoshli daniyalikni 30 mln evroga sotib olish variantini faollashtirishi mumkin.

Futbolchi 2021 yilning yozidan buyon "Galatasaroy" safida to'p tepib keladi. Transfermarkt portali Nelssonni 19 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes