"Tottenxem" futbolchisining 7 ta o'yinlik diskvalifikaciyasi o'z kuchida qoldi

Omonjon To`xtamirzayev
17 dek 2024
Mustaqil apellyaciya ittifoqi "Tottenxem" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankurning diskvalifikaciyasi bo'yicha topshirilgan arizani rad etdi.

Avvalroq, futbolchini OAVga intervyu berish bo'yicha qoidani jiddiy tarzda buzgani uchun 7 ta o'yinga diskvalifikaciya qilingandi. Qaror bo'yicha apellyaciya ham maxsus yig'ilishdan so'ng, rad etildi.

Eslatib o'tamiz, Rodrigo Bentankur koreyslar haqidagi xazili tufayli 7 o'yinga chetlatilgandi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: thefa.com