"Tottenxem" forvardi Bergveyn faoliyatini "Ayaks"da davom ettirishi mumkin

Alisher
7 may 2022
"Tottenxem" hujumchisi Stiven Bergveyn London klubidan ketishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, niderlandiyalikni "Tottenxem"dagi o'yin amaliyoti qoniqtirmayapti, shu sabab u klubini o'zgartirmoqchi. Forvard uchun "Ayaks" davogarlik qilmoqda.

"Shporlar" qishki transfer oynasida o'yinchini niderlandiyaliklarga 18 mln evroga sotishmagandi.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi. Bergveynning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano