"Tottenxem" Diopni xarid qilish g'oyasidan voz kechishi mumkin

Alisher
28 sen 2020
"Vest Xem" himoyachisi Issa Diopga "Tottenxem" qiziqmoqda.

"Shporlar" o'z tarkibini 22 yoshli fransiyalik futbolchi bilan kuchaytirishmoqchi, ammo transferga "Vest Xem" so'rayotgan 50 million funt halal bermoqda.

Agar klub narxni tushirmasa londonliklar Diopni xarid qilish g'oyasidan voz kechishlari mumkin. Futbolchiga shuningdek "Atletiko" va "Arsenal" klublari ham qiziqmoqda.

Diop joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports