"Tottenxem" Diopni xarid qilish fikridan qaytishi mumkin

Alisher
25 noya 2020
"Vest Xem" himoyachisi Issa Diop "Tottenxem" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

"Shporlar" 22 yoshli fransiyalik futbolchini o'z tarkiblariga qo'shib olishmoqchi, ammo klubni 50 million funtlik mablag' o'ylantirib qo'ygan.

Agar "Vest Xem" narxni tushirmasa, "Tottenxem" xariddan voz kechishi mumkin. O'yinchiga shuningdek "Atletiko" va "Arsenal" klublari qiziqmoqda.

Diop joriy mavsum APL doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports