"Tottenxem" "Barselona" sobiq o'yinchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
3 avg 2022
"Tottenxem" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Adama Traorega qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Barselona"da o'tkazdi.

Kataloniyaliklar o'tgan mavsum so'nggida Adamani sotib olmaslikka qaror qildi. Shu sabab Traore hozirda o'ziga yangi klub qidirmoqda.

"Shporlar" "Roma"dan yarim himoyachi Nikolo Zanoloni xarid qila olmasa, Traore Londonga yo'l olishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: 90min