"Tottenxem" "Atletiko" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
1 iyun 2020
"Tottenxem" "Atletiko" himoyachisi Stefan Savich bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Tottenxem" Savichga bosh murabbiy Joze Mourinyu jamoasida ko'rishni xohlamayotgan Yan Vertongenning o'rinbosari sifatida qaramoqda.

Chernogoriyalik futbolchining transfer narxi 15 million evroga baholanmoqa. Oldinroq, Savichga "Yuventus" qiziqayotganligi aytilgan edi.

Himoyachi joriy mavsum "Atletiko" safida 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: TodoFichajes